Muhandislik
- Mashinasozlik, transport va logistika
- Energetika va elektrotexnika
- Qurilish, arxitektura va gidrotexnika inshootlari
- Kimyoviy texnologiyalar, materialshunoslik, togʻ-kon ishi va metallurgiya
- AKT, avtomatlashtirish va boshqaruv
Muhandislik va texnika fanlari, iqtisodiyot hamda taʼlim sohalaridagi original maqolalar, sharhlar va qisqa xabarlar — mahalliy va xorijiy olimlarni ishlab chiqarish, biznes va taʼlim amaliyoti bilan bogʻlovchi ochiq maydon.
“Engineering, Economics and Education” — taqriz qilinadigan ilmiy-elektron jurnal boʻlib, uning muassisi “PARALLAX IT CLUB” MChJ (Toshkent shahri, Oʻzbekiston Respublikasi) hisoblanadi. Jurnalda muhandislik va texnika fanlari, iqtisodiyot hamda taʼlim sohalaridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini aks ettiruvchi original ilmiy maqolalar, sharhlar va qisqa ilmiy xabarlar chop etiladi. Jurnalning maqsadi mahalliy va xorijiy olimlar oʻrtasida ilmiy muloqot uchun ochiq maydon yaratish hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish, iqtisodiyot va taʼlim amaliyotiga joriy etishga koʻmaklashishdan iborat. Jurnalda Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislarning maqolalari eʼlon qilinadi.
Ilmiy yoʻnalishlar:
Barcha qoʻlyozmalar ikki tomonlama yashirin taqrizdan (double-blind peer review) va plagiatga tekshiruvdan oʻtkaziladi; Jurnal Nashr etikasi qoʻmitasi (COPE) tamoyillariga rioya etadi. Maqolalar ochiq kirish (Open Access) tamoyili asosida eʼlon qilinadi, har bir maqolaga DOI raqami beriladi.
Nashr tillari: oʻzbek, rus va ingliz. Davriyligi: yiliga 4 marta (har chorakda bir marta). Maqolalar har chorak oxirgi oyining 25-sanasigacha qabul qilinadi; navbatdagi son keyingi chorak birinchi oyining 15-sanasigacha eʼlon qilinadi.
Roʻyxatdan oʻting, qoʻlyozmani talablarga muvofiq tayyorlang va onlayn yuboring. Har bir maqola plagiatga tekshiriladi va taqrizdan oʻtkaziladi.
Maqola yuborish Roʻyxatdan oʻtish